Maqsud Jonixonov “Jamiyat” gazetasiga Bosh muharrir etib tayinlandi

19:15 24 Sentyabr 2018 Jamiyat
1436 0

“Xalq soʻzi” gazetasi boʻlim muharriri lavozimida ishlab kelayotgan Maqsud Oʻroqovich Jonixonov “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Bosh muharriri lavozimiga tayinlandi.

M. Jonixonov mamlakatimizning yetakchi jurnalistlaridan biri. U faoliyati davomida koʻplab yutuqlarga erishgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh jurnalistlarni ragʻbatlantiruvchi maxsus mukofoti sohibi (2003 yil);

“Oltin qalam” xalqaro mukofoti sohibi (Matbuot yoʻnalishida 1-oʻrin, 2009 yil);

Yilning eng faol jurnalisti (2006 yil);

“Shuhrat” medali sohibi (2013 yil);

Xalq taʼlimi aʼlochisi.

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Maqsud Oʻroqovich Jonixonovga keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?