“Maqsad” filmining premyerasidan avval OAVlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

15:06 24 Iyul 2018 Madaniyat
569 0

Rejissor Rustam Meliyev tomonidan suratga olingan “Maqsad” filmining premyerasidan avval OAVlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i Baxtiyor Inog‘omov “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qildi.

Foto: instagram

Film detektiv triller janrida bo‘lib, filmda o‘zbek kinosining professional aktyorlar Seydulla Moldaxanov, Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Tohir Saidov, Yulduz Rajabova, Nigora Karimboyeva kabi ijrosini ko‘rasiz. Tasvirchi Diyor Adashev, rassom Bahriddin Shamsutdinov.

Foto: instagram

Matbuot anjumani 27-iyul kuni “Lotte city hotel Tashkent palace”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda filmda bosh rolni ijro etgan barcha aktyor va aktrisalar ishtiroki kutilmoqda.  


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?