Maqom sanʼatini professional darajaga olib chiqishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy onlayn seminar boshlandi

11:01 26 Aprel 2019 Jamiyat
253 0

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi bilan hamkorlikda ”Maqom ijrochiligini professional darajaga koʻtarish va maqom sanʼati taʼlimidagi muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn seminar tashkil etildi.

Tadbirda hamkor tashkilot vakillari, Konservatoriya professor-oʻqituvchilari, maqom ustalari, shuningdek, hududlarda faoliyat olib borayotgan namunali maqom ansambllarining badiiy rahbarlari, OAV xodimlari va yoshlar ishtirok etmoqda.

Seminardan maqsad uzoq oʻtmishga ega maqom sanʼatini yanada yuqori pogʻonaga olib chiqish, unga yoshlarni jalb qilish, qolaversa, maqomchilik sanʼatini ilmiy jihatdan chuqur oʻrganish, sohadagi muammolarni bartaraf etish kabilardan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?