Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari maoshi qachondan oshiriladi?

11:49 24 Iyul 2018 Iqtisodiyot
368 0
Illyustrativ foto

Ma’lumki, yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xususan, unda oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tabaqalashtirilgan holda o‘rtacha 25 foizga oshiriladi.

2018 yil 1 avgustdan esa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi miqdorini 2 baravar oshirish belgilab qo‘yildi.

O‘z navbatida 2018 yil 1 sentyabrdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi.

Ayni chog‘da O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining ish haqi miqdori 2019 yil 1 yanvardan – 20 foizga; 2019 yil 1 iyuldan – 25 foizga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?