“Manchester Yunayted”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

14:52 19 Dekabr 2018 Sport
690 0

Norvegiyalik mutaxassis Ole Gunnar Sulsher Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan maʼlumotga koʻra, Sulsher 2018/2019 yilgi mavsum soʻngiga qadar “Manchester Yunayted”ni vaqtinchalik boshqarib turadi. U kecha isteʼfoga chiqarilgan Joze Mourino oʻrnini egallaydi.

Maʼlumot uchun, Sulsher 1996-2007 yillarda “Manchester Yunayted”da futbolchi sifatida toʻp surib, 366 uchrashuvda maydonga tushgan va 126ta golga mualliflik qilgan. 2008 yilda u Manchester Yunayted yoshlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?