“Manchester Yunayted” “izquvar” Puaro bilan shartnoma imzoladi

10:45 28 Avgust 2018 Sport
353 0

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi skaut Romen Puaro bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi tribuna.uz.

Qizigʻi shundaki, mutaxassis koʻp yillar davomida “Manchester Yunayted” klubining azaliy raqibi boʻlmish “Manchester Siti”da ishlagan.

Manchester Evening News maʼlumotiga koʻra, skaut Fransiyadan yosh va istiqbolli, “yangi Pol Pogba” boʻlishga qodir futbolchini topish vazifasini olgan.

Avvalroq, Pol Pogba bosh murabbiy Joze Mourino bilan ziddiyatga borgani uchun, jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?