“Manchester Siti” qimmatbaho transferi haqida e’lon qildi

12:20 11 Iyul 2018 Sport
1162 0
Foto: «Manchester Siti» rasmiy twitteri

“Lester” futbol klubi yarim himoyachisi Riyoz Mahrez faoliyatining “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda manchesterliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

27 yoshli futbolchi shaharliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Mahrez “Manchester Siti”da 26-raqamda to‘p suradi.

“Manchester Siti”ga o‘tganimdan juda ham xursandman. Jamoa Pep Gvardiola qo‘l ostida ajoyib futbol namoyish etmoqda. “Manchester Siti” o‘yinlarini hattoki chetdan turib kuzatish ham yoqimli. Gvardiola hujumkor futbol falsafasiga sodiq va bu menga juda mos keladi.

Jamoa o‘tgan mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi. “Manchester Siti” angliz futbolini o‘zgartirmoqda, men esa uning bir qismi bo‘lishni xohlayman», – deya gapirib o‘tdi Mahrez.

Avvalroq, “Manchester Siti” Mahrezning transferi uchun “Lester”ga 60 mln funt sterling to‘lashi haqida xabarlar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?