MAN AUTO UZBEKISTAN Afgʻonistonga texnika eksport qildi

18:31 03 May 2019 Iqtisodiyot
620 0

“JV MAN Auto-Uzbekistan” kompaniyasi Afgʻonistonga birinchi eksportni amalga oshirdi. Bu haqda ”Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Xaridlar boʻyicha milliy idora Qobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtotsisternalarni topshirdi va texnikalar allaqachon toʻliq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

Qayd etish joizki, bugungi kunda “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK Qozogʻiston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukrainaga texnika eksport qilmoqda.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK hozirda Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻining eng ustuvor loyihalaridan biri sanaladi. Kompaniyaning asosiy yoʻnalishi Oʻzbekiston va qoʻshni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?