Maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni bilasizmi?

13:12 23 May 2020 Jamiyat
113 0

Qonunchilikka koʻra , maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • aybdorning oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;
  • aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
  • huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon taʼsiri ostida yoki ogʻir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
  • huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov taʼsirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi taʼsiri ostida sodir etilishi;
  • huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
  • huquqbuzarlikning homilador ayol yoki 14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?