Mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanish reytingi eʼlon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

15:34 17 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
2228 0

Amerikaning The Boston Consulting Group (BCG) tadqiqot markazi barqaror iqtisodiy rivojlanish indeksi boʻyicha dunyo mamlakatlarining 2018 yil uchun reytingini eʼlon qildi. Reytingdan 152 davlat joy oldi.

Mazkur reytingda Oʻzbekiston 101-oʻrinda qayd qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozogʻiston - 57-oʻrin, Qirgʻiziston esa 95-oʻrinda qayd etilgan. Tojikiston 108-pogʻonaga joylashgan. Turkmaniston mazkur reytingga kiritilmagan. Sobiq Ittifoq davlatlari ichida esa Belarus - 52, Rossiya 59, Ukraina - 67, Armaniston - 69, Ozarboyjon - 71-pogʻonada qayd etilgan.

Reytingda Norvegiya yetakchilik qilmoqda, keyingi pogʻonalardan Shveysariya va Islandiya joy oldi. Shuningdek, dastlabki oʻnlikka Lyuksemburg, Daniya, Shvetsiya, Singapur, Finlyandiya, Avstriya hamda Niderlandiya mamlakatlari kiritilgan.

Roʻyxatning soʻnggi qismidan Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Yaman, Haiti, Kongo DR, Sudan, Nigeriya, Mozambik va Pokiston mamlakatlari oʻrin olishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?