Mamlakatimiz delegatsiyasi Missisipida

08:34 16 Fevral 2019 Jamiyat
638 0

Illyustrativ foto

Yaqinda Oʻzbekiston ishchi delegatsiyasi AQSHning Missisipi shtatida boʻldi. Uning tarkibidan parlament, Innovatsion rivojlanish, Qishloq xoʻjaligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari, sanoat birlashmalari, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari joy oldi.

Tashrif chogʻida mehmonlar shtat gubernatori F. Brayant, kongressmen T. Kelli, shtat milliy gvardiyasi qoʻmondoni J. Boylz, qishloq xoʻjaligi va savdo departamenti boshligʻi E. Gibson, shuningdek, parrandachilik, oʻrmon xoʻjaligi va fermerlar uyushmasi rahbarlari bilan uchrashdi. Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Missisipi qishloq xoʻjaligi va savdo departamenti oʻrtasida kelishuv imzolandi. Unda qishloq xoʻjaligi va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik nazarda tutilgan. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sertifikatlash sohasida tajriba almashish, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish yuzasidan ham istiqboldagi maqsadlar muhokama etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?