Mamlakatimiz bozorlarida tarqalgan sunʼiy tuxumlar boʻyicha rasmiy ogohlantiruv

14:07 25 Fevral 2019 Jamiyat
528 0

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ogohlantiradi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali respublikamiz bozorlarida, xususan, “Oʻrikzor” savdo majmuasida sunʼiy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 22 fevral kuni “Oʻrikzor” savdo majmuasidagi doʻkonlarda monitoring, yaʼni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat oʻtkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan, tibbiy daftarchalarga ega boʻlish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya maʼlumotlarini taqdim etish talablari qoʻyildi.

Federatsiyaning Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikdagi reydida savdoda boʻlgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining oʻzi guvohligida qisqa muddatli koʻrgazmali tekshiruv oʻtkazildi.

Xulosalarga koʻra, tekshiruv davomida tuxum namunalari isteʼmolga yaroqli ekani aniqlandi.

Savdo majmuasi maʼmuriyati VSEL, DSNEM, Toshkent shahar hokimligi, “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK tomonidan oʻzaro axborot almashishga kelishib, nazorat kuchaytirildi.

Manba: uza.uz


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?