Mamlakatimiz bozorlarida goʻsht va boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxi qancha?

15:20 07 Avgust 2019 Jamiyat
187 0

Illyustrativ foto

Shu kunlarda mamlakatimiz markaziy dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining eng narx-navosi qanday? Eng arzon mol goʻshti qanchayu, eng qimmati qancha? Kartoshka-piyoz-chi? Davlat statistika qoʻmitasi aynan shularni aniqlash maqsadida mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 6-avgust kuni kuzatuv oʻtkazdi. Natijada alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni ham taqdim etdi.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 28 000 soʻmdan 50 000 soʻmgacha (kg)

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 28000 soʻm kuzatildi. Mol goʻshtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 50000 soʻm kuzatildi.

Qoʻy goʻshti 32 000 soʻmdan 58 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 32000 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 58000 soʻmdan kuzatildi.

Kartoshka 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da 1000 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5000 soʻm kuzatildi.

Piyoz 500 soʻmdan 3 500 soʻmgacha (kg)

Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 500 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 3500 soʻm kuzatildi.

Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da 1000 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5000 soʻmdan kuzatildi.

Tuxum 3 000 soʻmdan 9 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da 3000 soʻm kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 9000 soʻm kuzatildi.

Guruch 5 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”da 5000 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahrining markaziy dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 18000 soʻm kuzatildi.

Oʻsimlik yogʻi 8 000 soʻmdan 12 500 soʻmgacha (1 l.)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”da 8000 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining “Temir yoʻl dehqon bozori” hamda “Damariq dehqon bozori” da 12500 soʻmdan kuzatildi.

Shakar 4 800 soʻmdan 5 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”da 4800 soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 5500 soʻmdan kuzatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?