Maʼlumotnoma uchun paxta terimiga chiqish shartini qoʻygan mahalla raisi qariyb 7 mln. soʻm jarima toʻladi

16:25 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
293 0

Illyustrativ foto

Paxta terimi davrida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va terimchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, huquq himoyachilari bergan maʼlumotlarda mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq holatlar uchrab turibdi. Shunga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlarni oʻrganib, qonunbuzarlarni javobgarlikka tortmoqda.

Maʼlumotnoma uchun terimga daʼvat

Qoraqalpogʻistonning Taxiatosh tumani “Aydыn jol” MFY raisi B.A. kam taʼminlanganlik haqidagi maʼlumotnomani olish uchun kelgan fuqaroga maʼlumotnoma uchun terimga chiqish shartini qoʻygan. Ishchi guruh tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasida haqiqatan qonun buzilganligi aniqlandi va mahalla raisi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 6 690 000 soʻm miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?