Malida amalga oshirilgan portlash oqibatida BMTning uch xodimi halok boʻldi

22:37 12 May 2020 Dunyo
369 0

Foto: segodnya.ua

Malidagi qishloqlardan birida amalga oshirilgan hujum oqibatida portlash sodir boʻlgan. Buning oqibatida 95 kishi, shu jumladan, BMTning tinchlikparvar kuchlarining uch nafar askari ham hayotdan koʻz yumgan.

Bu haqda Xinhua agentligi BMTning ushbu mamlakatdagi missiyasi bayonotiga tayanib xabar tarqatdi.

Maʼlum qilinishicha, Kidal viloyatidagi Agelxok qishlogʻi yaqinida patrul xizmatini amalga oshirayotgan tinchlikparvar kuchlariga portlovchi moslama bilan hujum qilinishi oqibatida uch nafar harbiy halok boʻlgan, toʻrt nafari ogʻir jarohatlangan.

Halok boʻlgan BMT xodimlarining fuqaroligi toʻgʻrisida hozirda rasmiy maʼlumot yoʻq. Ammo mahalliy matbuotning xabar berishicha, qurbonlar Chaddan kelgan harbiy xizmatchilar boʻlishgan.

BMT Bosh kotibining Mali boʻyicha maxsus vakili hamda missiya rahbari Mahamat Solih Annadifning soʻzlariga koʻra, voqeaning haqiqiy dalillarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?