Malayziyalik kinoijodkorlar Buxoro va Xivada Oʻzbekiston haqida yangi film suratga olmoqchi

10:07 02 Noyabr 2018 Madaniyat
947 0

Malayziyaning televizion tarmoqlar uchun media kontent tayyorlovchi “Aquila Emas Sdn. Bhd” kompaniyasi Oʻzbekiston haqida yana bir film suratga olmoqchi. Bu haqda kompaniya boshqaruv direktori Sharizan Muhammad Iso 1 noyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Malayziya biznes-forumida maʼlum qildi.

Mazkur kompaniya 2013 yilda “Buxoro shafagʻi” nomli 26 qismdan iborat serialni suratga olgan. Muhammad Isoning aytishicha, mazkur film hamon Malayziyada efirga uzatiladi

“Ushbu serial malayziyalik teletomoshabinlarga manzur boʻlib, bugungi kunda ham namoyish etilmoqda. Oʻzbekiston haqida hikoya qiluvchi filmlarga xalqimiz qiziqadi. 2019 yilda Buxoro va Xivada yangi filmni suratga olishni rejalashtirganmiz”, degan kompaniya boshqaruvi direktori.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?