Maktablarning yopilishi soʻnggi chora boʻlishi kerak – JSST

19:22 16 Sentyabr 2020 Dunyo
361 0

COVID-19 pandemiyasi tufayli dunyodagi millionlab bolalar bir necha oydan buyon maktabga bora olishmadi. Shu bois endilikda maktablarning yopilishi soʻnggi chora boʻlishi kerak.

Bu haqda JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtgan brifing davomida maʼlum qildi.

“Maktablarni yopish toʻgʻrisidagi qaror vaqtinchalik va koronavirus intensiv tarzda yuqadigan joylarda mahalliy darajada qabul qilingan soʻnggi chora boʻlishi kerak”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Gebreyesus maktab oʻquvchilari taʼlim jarayonini toʻxtatmasligi kerakligini va bunga onlayn taʼlim orqali erishish mumkinligini taʼkidladi.

Maktablar yopiq boʻlgan davrdan esa oʻquvchilar oʻz ish stoliga qaytganidan keyin infeksiya tarqalishini oldini oladigan barcha choralarni koʻrish uchun foydalanilish lozimligi qayd etildi.

“Bolalar xavfsizligini taʼminlash nafaqat maktablar, hukumatlar yoki oilalarning, balki barchaning va har bir kishining vazifasidir”, deya xulosa qildi JSST Bosh direktori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?