Maktablarga ishga qabul qilish vaqtincha toʻxtatilganmi?

16:20 25 Aprel 2020 Jamiyat
576 0

Bugun AOKAda huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabida Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Brifingda ushbu savolga javob berildi

- Maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlar edim. 2019-yil muddatli harbiy xizmatga ketdim. Harbiy xizmatdan 2020-yil mart oyi oxirida qaytib kelib, ishga qaytish toʻgʻrisida ariza yozdim. Lekin koronavirus sababli ishga olish toʻxtatilgan degan javob oldim. Bu nechogʻlik toʻgʻri?

- Respublikamizdagi hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, davlat byudjeti mablagʻlaridan yana-da samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining joriy yil 13-aprelda 105-sonli buyrugʻi qabul qilingan.

Mazkur buyruq asosida respublikada mavjud epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar taʼlim muassasalarida vaqtinchalik joriy yilning 1-aprelidan boshlab oʻqituvchilar va boshqa xodimlarning turli sabablarga koʻra mehnatga layoqatsizlik davrida (homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda boshqa holatlar) boʻlgan hamda bola parvarishlash taʼtilidan chiqqan xodimlarning dars soatlarini xodimlar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga va boʻshab qolgan lavozimlar boʻyicha shtat birliklariga ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.

Ayni paytdagi vaziyat barqarorlashgandan soʻng yuqorida belgilangan vaqtinchalik koʻrsatmalar bekor qilinadi hamda taʼlim muassasalariga amaldagi mehnat qonunchiligi asosida mutaxassisligingiz boʻyicha ulardagi boʻsh (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish yuzasidan murojaat etishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?