Maktablarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi ma’lum qilindi

12:03 30 Iyul 2018 Jamiyat
1250 0

O‘qishning birinchi kuni o‘zgarishsiz qoldi. Ta’lim maskanlarida o‘qish an’anaviy tarzda — 2 sentyabrda boshlanadi.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot dasturi muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

Shuningdek, vazir jamiyatdagi o‘qituvchilar obro‘sini oshirish, ularning oylik maoshlari oshirilishi, maktablardagi noqonuniy pul yig‘imlari va maktab formasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Sherzod Shermatov hozirgi axborot texnologiyalari davrida mish-mishlar tez tarqaladigan bo‘lib qolganini ta’kidlagan holda, “maktab ertaroq boshlanadi” degan gap-so‘zlar o‘rinsizligini ma’lum qildi.

“Maktab har yili qanaqa boshlangan bo‘lsa, shu vaqtda boshlanadi”, - deb ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda bu yil maktablarda o‘qish avgust oyining boshida boshlanadi, yanvar oyida esa o‘quvchilarga bir oylik ta’til berilar ekan, degan xabarlar tarqalgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?