Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

23:33 19 May 2020 Jamiyat
1968 0

Maktablarda yakuniy imtihon bekor qilinib, yillik baholarini istisno tariqasida joriy oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqariladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vaziri Sherzod Shermatov telegramdagi shaxsiy sahifasida maʻlum qildi.

“Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qoʻshimcha qulaylik yaratish boʻyicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda koʻpchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu oʻquv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Maktablarga oʻquvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan oʻqigan oʻquvchilarimizga ragʻbatlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida “online-maktab” orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deydi Shermatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?