Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari bekor qilinishi mumkin

09:20 18 Aprel 2020 Jamiyat
365 0

arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf oʻquvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish yoʻllari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda XTV Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini oʻz kanallari orqali maʼlum qiladi.

“Shu oʻrinda, oʻquvchilar “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?