Maktablarda telefon vositalaridan foydalanish tartibi qanday?

10:33 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
99 0

Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror asosida Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatlar taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olish, davlat va jamiyat manfaatlari yoʻlida oʻquvchi yoshlarning sogʻligʻini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirish, taʼlim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Unga koʻra, Taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir oʻquvchi, oʻqituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini toʻliq oʻchirib qoʻyishi shart. Telefon faqat maxsus gʻiloflarda, sumka va portfellarda olib yurilishi kerak. Taʼlim oluvchilarga telefon vositalarni boʻyinga osib yurish, shim va yubka choʻntaklarida olib yurish, dars vaqtida esa ulardan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi. Bu haqda XTV maʼlumot berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?