Maktablarda oʻquv yili onlayn tarzda yakunlanadi

14:05 21 Aprel 2020 Jamiyat
233 0

2019-2020 oʻquv yili onlayn tarzda yakunlanadi. Bu Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilab qoʻyildi.

Unga koʻra, xalq taʼlimi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020 oʻquv yili online-maktab loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

Bundan tashqari, oʻqituvchilar va masofaviy taʼlim jarayonini tashkil etish uchun zarur boʻlgan xalq taʼlimi tizimidagi (taʼlim muassasalari, tashkilotlari, hududiy boʻlinmalar) xodimlar oʻz ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi toʻlangan holda) davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?