Maktablarda imtihonlar bekor qilinishi rostmi? XTV izoh berdi

19:56 30 Aprel 2020 Jamiyat
231 0

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Xalq taʼlimi vazirligi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Qayd etilishicha, Respublika komissiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf oʻquvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish yoʻllarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini oʻz kanallari orqali maʼlum qiladi.

Shu oʻrinda, oʻquvchilarga “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?