Maktablarda bahorgi taʼtil qachon boʻlib oʻtishi maʼlum boʻldi

11:58 13 Mart 2019 Jamiyat
624 0

Arxiv foto

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 2019 yil 21 martdan boshlanib 27 mart kuni yakunlanadi, deb xabar berdi XTV axborot xizmati. Joriy yilning 28 mart kuni IV chorakning birinchi kuni hisoblanadi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, taʼtil kunlarida oʻquvchi-yoshlar uchun sport seksiyalari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgaraklar oʻquvchilar ixtiyorida boʻladi. Shuningdek, joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti tashkil etiladi.

Qolaversa, 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida fanlar boʻyicha bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichi, 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining 3-bosqichi oʻtkaziladi hamda “Biz buyuk Vatan farzandlarimiz” shiori ostida taʼlim muassasalarining boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Bolajonlar sport jamoalari”, “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladi.

Barcha taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va koʻrgazmalar tashkil etiladi.

Shuningdek, respublikamizdagi barcha axborot-resurs markazlari taʼtil kunlarida oʻquvchilar uchun muntazir boʻlib, bu yerda turli mavzularda tadbirlar, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshishida xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?