Maktablarda 6 ta fan vaqtinchalik oʻtilmasligi mumkin

14:49 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
3074 0

XTV oʻquv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik oʻtilmasligini tavsiya qiladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

"Oʻquvchilarning sogʻligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida, oʻquv yili boshida vaqtinchalik oʻtilishi tavsiya etilmaydigan fanlar quyidagilar:

jismoniy tarbiya;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich harbiy tayyorgarlik;

musiqa madaniyati;

tasviriy sanʼat va chizmachilik;

texnologiya;

tarbiya fanlari.

Ushbu fanlar masofaviy taʼlim shaklidagi televizion darslar orqali oʻzlashtirib boriladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur fanlardan dars berayotgan oʻqituvchilarning oylik ish haqi toʻliq saqlab qolinadi va ular maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarga jalb etiladi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?