Maktablarda 4 ta fan oʻrniga 1 ta yangi fan joriy etiladi

19:59 07 Iyul 2020 Hujjatlar
623 0

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

“Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar yangi oʻquv yili boshlangunga qadar chop etilib, joylarga yetkaziladi.

2020-yil iyul oyidan boshlab yangi oʻquv yili boshlangunga qadar umumtaʼlim maktablaridagi “Boshlangʻich taʼlim”, “Milliy gʻoya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari uchun xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

“Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari respublika byudjeti va xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Qaror bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?