Maktablar koronavirus oʻchogʻiga aylanmaydi. Mutaxassis izohi

17:58 10 Avgust 2020 Dunyo
743 0

Arxiv surat

Maktablar koronavirus oʻchogʻiga aylanmaydi. Xuddi shunday fikrlarni Rossiyaning “Lider-Tibbiyot” tibbiy markazi bosh shifokori Yevgeniy Timakov ilgari surmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, bolalarda Covid-19ni yuqtirish darajasi kattalarnikiga qaraganda kamroq koʻrsatkichni tashkil etadi. Vaholanki, yangi infeksiyaga chalinganlarning atigi 5-7 foizi 18 yoshgacha boʻlganlar orasida qayd etilmoqda.

Bolalar koronavirusni, masalan, oilada, uzoq vaqt va yaqin aloqada boʻlgandagina yuqtirib olishadi. Boz ustiga, Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan insonning maktabga kelishi ham koronavirusning faol tarqalishiga olib kelmaydi. Chunki taʼlim muassasalarida ijtimoiy masofa choralari koʻriladi.

“Agar ehtiyot choralari koʻrilsa, koronavirus maktab oʻquvchilari uchun xavfli boʻlmaydi”, deydi Timakov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?