Maktabgacha taʼlimning yangi turi joriy etilmoqda

10:12 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
80 0

Mobil guruhlar bazasida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, maktabgacha taʼlim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan, maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- ariza;

- ota-ona pasporti nusxasi;

- bolaning tugʻilganlik guvohnomasi nusxasi;

- bolaning 2 dona fotosurati;

- bolaning salomatligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul koʻrsatiladi.

Bunda, ovqatlantirish majburiy emas, taʼlim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?