Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

10:40 10 May 2019 Jamiyat
253 0

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrovi oshiriladi.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning sogʻlom va balanslashtirilgan ovqatlanishi hamda sifatli tibbiy parvarishi taʼminlanadi.

Qaror bilan Konsepsiyani 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” hamda 2019-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?