Maktabgacha taʼlim tizimida 2019-yilning 1-choragida 5,4 milliard soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan

12:38 21 Iyun 2019 Iqtisodiyot
346 0

Bu haqda Milliy matbuot markazida hozirda boʻlib oʻtayotgan anjumanda vazirlikning Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qonunbuzilish holatlari MTMlarda rasmiylashtirilgan, ammo haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga ish haqi yozish, oziq-ovqat mahsulotlari va taʼmirlash ishlariga ajratilgan mablagʻlarning talon-taroj qilinishi, tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda xarid qilish orqali ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻyish, bolalarni muassasada saqlash pullarining davlat byudjetiga kirim qilinmagani natijasida yuzaga kelgan.

Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi Dilshod Normatovning taʼkidlashicha, bunday salbiy holatlar oʻtgan yillar davomida sohaga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani bois kelib chiqqan.

Qayd etish kerakki, avvalroq maktabgacha taʼlim tizimida 2018-yilda 11 milliard soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangani aytilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?