Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul jarayonini mukammallashtirish taklif etilmoqda

17:39 06 Avgust 2019 Jamiyat
95 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligidagi Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul jarayonini mukammallashtirish boʻyicha tavsiyalar muhokama qilindi.

Loyiha mualliflari bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashni yanada mukammallashtirish maqsadida elektron raqamli imzo olishni bekor qilish taklif etilmoqda. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul jarayonida imtiyozlardan foydalanuvchilarning turini kamaytirish lozimligiga ham alohida urgʻu berildi.

Tizimni mukammal ishlashi uchun faqat tashkiliy jihatlarga emas, balki qabulga yoʻllanma berish jarayonining texnik tomoniga ham alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda “OpenEMIS” tizimi va bu tizimning Yagona Portal bilan muvofiqlashtirish ustida dasturchilar ishlashi talab etiladi. Bundan tashqari, FHDYO maʼlumotlar bazasidan bola toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar olish imkoni yaratilishi kerak. Shuningdek, arizachilar davlat xizmatlari markazlariga betinim qatnashlarini oldini olish uchun bogʻchaga navbatning holatini SMS-xabar joʻnatish orqali bilish imkoniyatiga ega boʻlishlari lozim.

Bitta arizachi toʻrttagacha maktabgacha taʼlim muassasasiga navbat turishiga sharoit yaratilishi ham muammoning anchayin tez hal etilishiga koʻmak beradi. Bunda deylik bittasi asosiy, qolganlari qoʻshimcha imkoniyat sifatida koʻriladi.

Shunday qilib, maktabgacha taʼlim muassasalariga yoʻllanma olish tartibini takomillashtirish orqali Davlat xizmatlari markaziga borish soni 6 tadan 2-3 taga qisqaradi, yoʻllanma olish bosqichlari kamayib, hujjatlarni toʻldirish soddalashadi, avtomatlashtirish jarayonining mukammallashtirilishi, oʻz navbatida korrupsiya holatlarining oldini oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?