Maktabgacha taʼlim xizmatlari uchun elektron toʻlov tizimlari joriy qilinadi

13:16 24 Oktyabr 2020 Jamiyat
220 0

Bu haqda AOKAda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasiga bagʻishlangan matbuot anjumanida Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Maqsudjon Yoʻldoshev maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha taʼlim tizimida zamonaviy oʻqitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinadi.

Xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqiladi.

Bolalarning oʻsishi va rivojlanishi hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish boʻyicha axborot tizimi ishga tushiriladi va unga kiritiladigan maʼlumotlarning shaffofligi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?