Maktab qozonxonasini 15 ming dollarga pullamoqchi boʻlganlar ushlandi

14:30 15 Fevral 2019 Jamiyat
413 0

Maktabga tegishli boʻlgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi, deb yozadi OʻzA.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Fargʻona viloyat boshqarmasi hamda Quva tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda maktabga tegishli boʻlgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Quva tumanidagi “Issiqlik manbai” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi R.S tadbirkorlik faoliyatini yuritib, poyabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan M.T ga 60-umumtaʼlim maktabi hududidagi, uning balansida boʻlgan qozonxonani rasmiylashtirib berishni vaʼda qildi.

U oʻziga tegishli choyxonada arizachidan 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan R.S ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?