Maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus suvga gʻarq boʻldi

14:40 26 Oktyabr 2018 Dunyo
417 0
Illyustrativ foto

Iordaniyaning Oʻlik dengizi tumanida maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus yoʻlda surunkali yomgʻirlar tufayli kelib chiqqan kuchli suv oqimi ostida qolib ketdi. Oqibatda avtobusdagilarning 17 nafari hayotdan koʻz yumdi, 20dan ortigʻi jarohatlandi. Bu haqida Ammon nashri xabar berdi.

37 nafar oʻquvchi va 7 nafar yoshi katta insonlardan iborat guruh Agvar pastligiga ekskursiyaga ketayotgan edi. Avtobus Zarqa Main daryosining qurib qolgan oʻzanida toʻxtaydi. Shunda kutilmaganda kuchli yomgʻir boshlanadi va oʻzan zumda suvga toʻladi. Maktab avtobusi odamlari bilan suv tagiga gʻarq boʻladi.

Vertolyotlar yordamida 20 nafar maktab oʻquvchisi qutqarib qolindi. Voqea joyiga mamlakat bosh vaziri Umar ar Razzoz yetib kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?