Maktab oʻquvchilari darsga telefon olib borishi mumkin — XTV

14:36 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
846 0

Farzandim bu yil maktabga chiqdi, uni maktabga mobil telefon bilan yuborsam boʻladimi? Ushbu savolga XTV javob berdi.

"Yuborishingiz mumkin. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir oʻquvchi oʻz telefoni chaqiruv ovozini toʻliq oʻchirib qoʻyishi shart.

Bunda oʻquvchilarga maktabda telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida saqlash, telefon yordamida atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, taʼlim muassasasida surat va videolar olib, keyinchalik tarqatish taqiqlanadi.

Shuningdek dars vaqtida:

telefon orqali soʻzlashish hamda SMS va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;

telefonni stol ustiga qoʻyish;

musiqa tinglash;

surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvirlar koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin emas.

Oʻquvchilarga tanaffuslarda faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?