Maktab hududida otishma sodir etildi

12:02 12 Sentyabr 2018 Dunyo
580 0
Foto: РИА Новости

AQSHning Nevada shtati Nort-Las-Vegas shahridagi maktab hududida otishma roʻy berishi oqibatida bir kishi halok boʻldi.

Bu haqda Las Vegas Review-Journal xabar tarqatdi. Mahalliy politsiya rahbari Jastin Robertsning aytishicha, otishma ovozlari beysbol maydoni yaqinida eshitilgan.

Qayd etilishicha, yaralangan 18 yoshli oʻsmir shifokorlar kelguniga qadar tirik boʻlgan. Biroq u shifoxonada jon bergan. Qotillik joyida huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qurol topilgan. Hozircha otishma ishtirokchilari haqida hech narsa maʼlum emas. Politsiya roʻy bergan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib boryapti va qotil qidirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?