Maktab formasi sotiladigan savdo manzillari qachon e’lon qilinadi?

11:20 17 Avgust 2018 Jamiyat
404 0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik ko‘rsatkichlari – matoning tarkibi va rangi haqidagi ma’lumotlar 1-6-sinflar va 7-11-sinflar kesimida ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati har yili 20 fevralga qadar o‘quvchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 1 martga qadar o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi tuman (shahar) bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni (prognoz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi ta’lim muassasalaridagi jami o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 10 martga qadar taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari jami o‘quvchilarining sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20 martga qadar taqdim etiladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar bo‘yicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni har yili 20 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shoxobchalarining manzillari haqidagi ma’lumotlar har yili 25 aprelga qadar barcha ta’lim muassasalarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1 mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi hamda ta’lim muassasalari tomonidan ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?