Maktab filiallari tugatiladi

09:51 13 Dekabr 2018 Jamiyat
1038 0

Arxiv foto

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Maʼlum qilinishicha, qishloq hududlaridagi maktab filiallari alohida maktabga aylantirilishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu ishlar doirasida joriy yilning oʻzida respublika boʻylab 43ta maktab filiali asosiy maktabga aylantirilgan.

Shuningdek, joriy yilda 68ta yangi maktab qurilgan. Nodavlat taʼlim muassasalari soni bir yilda 2 baravar ortib, 84taga yetgan.

Qayd etish kerakki, bunday filiallar odatda uzoq masofadagi asosiy maktabga qatnashi muammo boʻlgan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun eski binoda bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan maktablardir.

Yulduz OʻRMONOVA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?