Fransiya Prezidenti Moskvaga o‘zi bilan futbolchilarni olib kelmoqchi

17:08 13 Iyul 2018 Sport
1077 0
Foto: RT

Xabaringiz bor, Rossiyada futbol bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionati finalida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib boradi.

Ana shu bahsni bevosita stadionda turib kuzatish uchun Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Moskvaga kelishi kutilmoqda.

E’tiborli jihati, Emmanuel Makron jahon chempionati finaliga futbolchilar Loran Kosyelni va Dimitri Payetni ham taklif qilgan.

Ular milliy terma jamoaning a’zolari hisoblanadi. Ammo jarohat tufayli jahon chempionatiga olib kelinmagan. Makron Kosyelni va Payetning Fransiya terma jamoasi oldidagi xizmatlari yuqori baholab, ularga finalga rasmiy delegatsiya bilan birga borishi yuzasidan taklifnoma yuborgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?