Makkenzi Bezos AQSHning eng boy ayoliga aylandi

18:48 12 Iyul 2020 Dunyo
416 0

Amazon aksiyalari bir haftada, yaʼni 2-iyuldan 9-iyulgacha 10 foizga oshgani sababli Jeff Bezosning boyligi 16,2 mlrd dollarga koʻpaydi va 188,2 mlrd dollarga yetdi. Shu bilan birga uning sobiq turmush oʻrtogʻi Makkenzi Bezos 62,3 mlrd dollari bilan AQSHning eng badavlat ayoliga aylandi.

Makkenzi Bezos 2019-yilda eri bilan ajrashgach, turmush oʻrtogʻiga tegishli aksiyalarning chorak qismini olgan. Oʻsha vaqtda bu aksiyalar narxi 36 mlrd dollar turgan. Shundan beri aksiyalar narxi oshib borgan va Makkenzi Bezosning boyligi hozirga kelib deyarli 2-martaga koʻpaydi.

Makkenzi Bezos ushbu koʻrsatkich evaziga AQSHning eng boy ayoliga aylandi. U bu borada Walmart kompaniyasi asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis Uoltondan oʻzib ketdi.

Boyligi Makkenzi Bezosnikidan koʻpligi bilan faqat bir ayol — LʼOreal asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur-Mayer maqtanishi mumkin. Uning boyligi 64 mlrd dollar deb baholanadi

Eʼtiborlisi, Makkenzi Bezos boyligi qanchalik koʻpaysa, shunchalik koʻp xayriya qilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?