Maxsus sirtqi bo‘limlar qayerlarda tashkil etiladi?

10:24 14 Iyun 2018 Jamiyat
1806 0

O‘zbekistondagi qaysi oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lumot berib o‘tdi.

Prezidentning 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi. Ularning 11 750 tasi to‘lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatilgan kvota bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalar qabul qilinadi:

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;

Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filiali — 310);

Andijon davlat universiteti — 750;

Buxoro davlat universiteti — 720;

Guliston davlat universiteti — 600;

Qarshi davlat universiteti — 690;

Namangan davlat universiteti — 750;

Samarqand davlat universiteti — 750;

Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);

Farg‘ona davlat universiteti — 690;

Urganch davlat universiteti — 690;

Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;

Nukus davlat pedagogika instituti — 750;

Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;

Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 750;

Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;

Toshkent davlat agrar universiteti — 25;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti — 50;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15 tasi davlat granti asosida);

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti — 90;

Navoiy davlat konchilik instituti — 90;

Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?