Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat beriladigan transport vositalari roʻyxati maʼlum qilindi

03:34 09 Iyul 2020 Jamiyat
3954 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti eʼlon qilindi.

Unga koʻra avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Mazkur roʻyxatga quyidagilar kiritilgan:

  1. Sogʻliqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.
  2. Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
  3. Fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tugʻruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.
  4. Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga
    ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga. Bunda:
  • yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi kerak;
  • haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
  • yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanishi shart.
  1. Yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari.
  2. Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning maxsus avtotransport vositalari.
  3. Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.
  4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, boshqa davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.
  5. Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.
  6. “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.
  7. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega boʻlgan avtotransport vositalari. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda).
  8. Aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Oʻzbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “Oʻzinfokom” yagona integratori» MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.
  9. N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari.
  10. “Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.
  11. Yoʻl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
  12. Dafn marosimlarida xizmat koʻrsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini koʻrsatish maqsadida).
  13. Mavsumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yoʻlovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?