“Makarov” pistoletini sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

17:45 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
158 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2019-yilning 7-sentyabr kuni Fargʻona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954-yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini oʻqlarsiz sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmokda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?