Mahmud Murodovning navbatdagi jangi noyabr oyida oʻtkaziladi

12:10 16 Avgust 2019 Sport
132 0

Oʻz janglarini Chexiyada oʻtkazayotgan oʻzbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov ayni vaqtda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida boʻlib turibdi.

Xabaringiz bor, Mahmud amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyveyzerga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma izolagan va u hozir kompaniyaga tegishli sport zalida mashgʻulot oʻtkazmoqda. Bugun Murodovning navbatdagi jangini qachon va qayerda oʻtkazishi maʼlum boʻldi.

Mahmud Murodov 9-noyabr kuni Chexiya poytaxti Praga shahridagi “02 Arena”da OKTAGON 15 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga ushbu bahsda kim raqib boʻlishi hozircha aniq emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?