Mahmud Murodov UFC bilan qancha muddatga shartnoma imzolaganini aytdi

16:49 17 Sentyabr 2019 Sport
127 0

Xabar berganimizdek, mashhur MMA jangchimiz Mahmud Murodov dunyoning eng nufuzli aralash qoidalar tashkiloti – UFC bilan shartnoma imzolagandi.

Uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Murodov dunyoga mashhur UFC tashkiloti bilan shartnoma imzoladi va eng kuchli promoushen jangchisiga aylandi. Olamsport sayti Mahmudning oʻzi bilan bogʻlandi va shartnoma bandlari boʻyicha aniq maʼlumot oldi.

“UFC bilan uzoq davom etgan muzokaralar nihoyat ijobiy yakunlandi. Men tashkilot rahbari Dana Uayt bilan 4 ta jangga moʻljallangan shartnomaga imzo chekdim. Kelishuv natijalarga qarab uzaytiriladi. UFCdagi debyut jangimni sabrsizlik bilan kutyapman”, - dedi Murodov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?