Mahmud Murodov AQSHda UFC prezidenti Dana Uayt va Toni Fergyuson bilan uchrashdi (FOTO+VIDEO)

15:32 19 Avgust 2019 Jamiyat
149 0

Oʻzbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov kuni kecha Anahaymdagi UFC 241 turniriga tashrif buyurdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Mahmud u yerda bir qator sportchilar bilan ham uchrashdi. Shuningdek, promoushen prezidenti Dana Uayt bilan ham koʻrishgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi videoga koʻra, Mahmud Uaytning oldiga boradi. Dana Uayt esa unga javoban “Biz bilamiz, biz bilamiz” dedi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmud Muradov Floyd Meyvezer bilan shartnoma imzolagani va u yaqin orada UFCda debyut qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?