Mahalliy Kengash deputati yuzdan ziyod ish oʻrinlari yaratdi

15:14 04 Fevral 2019 Iqtisodiyot
380 0

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

Qorovulbozor tumanida yashovchi 96 nafar kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqaroga haftaning har juma kuni non va sut mahsulotlari bepul tarqatilmoqda. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, yosh tadbirkor Farrux Bekmirzayev ana shunday savob ishning tashabbuskori boʻldi.

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

 

— Buxoro shahrida tugʻilganman, — deydi u. — Bolaligimdan bozorni koʻrib oʻsdim. Institutda oʻqidim. Ishbilarmonlikning yoʻl-yoʻrigʻini oʻrgandim. Sahro bagʻridagi Qorovulbozorga mehrim tushib qoldi. Kengliklarni yoqtiraman. Yayrab ishlayman. Yordam soʻrab kelganlardan koʻmagimni ayamayman.

Aytmoqchi, Farrux Bekmirzayev endigina 32 yoshga kirganiga qaramay, “Sifatli sut mahsulotlari”, “Qorovulbozor Nurobod”, “Qorovulbozor issiq non”, “Golden Platinium dizayn” kabi qator korxonalar taʼsischisidir. Ish koʻzini bilgan tadbirkor yaqinda issiqxona barpo etdi. Mayiz va jiydani xorijga eksport qilish bilan ham shugʻullanyapti. Deputatning korxonalarida hozir yuzdan ziyod qorovulbozorlik yoshlar mehnat qilishmoqda.

Istam Ibrohimov (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?