Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yana bir qator imtiyozlar berildi

09:56 15 Fevral 2019 Iqtisodiyot
265 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot“ kanalining yozishicha, qarorga muvofiq, elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar:

“Oʻzbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlaridan;

elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?