Mahalla posboni lavozimi tugatildi

17:23 23 Aprel 2019 Jamiyat
877 0

Arxiv foto

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (346-son, 22.04.2019 y.). Bu haqda ”Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi davlat xizmatchilariga mansub boʻlgan boshqa xizmatchilar roʻyxatiga kiritildi.

Prezident qarori bilan “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi tugatilib uning oʻrniga profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari lavozimlari joriy etilishi munosabati bilan Hukumat qarorlariga ham oʻzgartirishlar kiritildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?